825394af691641131e039631781eb06a
Iyun 7, 2019 0

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish sohasidagi yangilik

Posted by:Администратор onIyun 7, 2019

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-maydagi “Yoqilgʻi-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 452-son qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjat bilan ayrim toifadagi isteʼmolchilarning elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitob qilish boʻyicha quyidagi tartiblarii belgilandi.
– oʻz faoliyatini respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan amalga oshirmaydigan va maʼnaviy eskirgan hamda tejamkor boʻlmagan qozon agregatlarini almashtirmagan tashkilotlarga nisbatan 2019-yil 1-iyundan boshlab, foydalanilgan tabiiy gaz uchun haq toʻlash boʻyicha amaldagi tariflarga nisbatan oshirilgan koeffitsiyent 2,0 dan 1,2 gacha kamaytiriladi. (Aholiga issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar bundan mustasno)
– ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori boʻlgan suv taʼminoti korxonalariga elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni tabaqalashtirilgan tarif boʻyicha amalga oshirish talabi tatbiq etilmaydi.
– quyidagilar elektr energiyasi uchun toʻlovni maishiy isteʼmolchilarga belgilangan tarif boʻyicha amalga oshiradi:
  • XUMSH va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari – umumiy uy-joy ehtiyojlariga foydalaniladigan elektr energiyasi uchun elektr taʼminoti shartnomasiga asosan elektr tarmogʻining balans mansubligining boʻlinish chegarasidagi nuqtada oʻrnatilgan hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlariga muvofiq;
  • elektr energiyasidan aholini elektr bilan taʼminlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari va oilaviy korxonalarga, shuningdek, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalar.
Eslatib oʻtamiz, koʻrsatilgan subyektlar (bundan kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari va oilaviy korxonalar mustasno) tomonidan isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun toʻlovda ham shunga oʻxshash tartib qoʻllanadi.
– elektr taʼminoti korxonasining elektr tarmoqlari va uylarning ichki elektr tarmoqlarining boʻlinish chegarasidan umumiy mulk hisoblanadigan ushbu tarmoqlardan taʼminlanadigan maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarigacha boʻlgan elektr tarmoqlaridagi elektr energiyasi yoʻqotishlari hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining texnologik yoʻqotishlarida hisobga olinadi.
– elektr energiyasi (shu jumladan aktiv va reaktiv energiya) va tabiiy gaz uchun avans 2019-yil 1-iyundan keyin toʻlangan taqdirda tarif oʻzgarganda isteʼmolchilar (aholidan tashqari) qoʻshimcha toʻlov toʻlashdan ozod qilinadigan muddat qisqartirildi. Bu holatda “imtiyozli” muddat toʻlov toʻlangan kundan boshlab 1 oyni tashkil etadi. Avans toʻlovini 1-iyunga qadar amalga oshirganlar esa ilgarigi qoidalarboʻyicha – 2 oy mobaynida qoʻshimcha toʻlov toʻlamaslikka haqli.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2019-yil 1-iyundan kuchga kirdi.
Yangilik bilan o‘rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

© Xadjiyev Bobomurod, © Betakror Buxoro, 2016-2017. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytda joylashtirilgan barcha ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, shu jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunlar bilan qo‘riqlanadi. Joylashtirilgan ma'lumotlardan nusxa olish va boshqa maqsadlarda foydalanilganda www.betakrorbuxoro.uz ga havola ko‘rsatish majburiydir.