24387302_1_261x203_gazel-2014-rodnoy-kraska-yangiyul
Yanvar 27, 2019 0

Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash

Posted by:Администратор onYanvar 27, 2019

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 2 iyulda 1382-son bilan roʻyxatga olingan Yoʻriqnoma idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, yuklarni avtomobil transportida tashishda band boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.

Shahar ichida va shahar atrofida tashish bilan shugʻullanuvchi, shuningdek, oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yuklar tashishni amalga oshiruvchi tashuvchilar tovar-transport yukxatlarini 1-son ilovaga binoan 1-t-son namunaviy shakliga muvofiq rasmiylashtiradilar.

Shaharlararo yoʻllarda yuklarni tashish 2-son ilovaga binoan 2-tm-son namunaviy shaklga muvofiq rasmiylashtirilgan tovar-transport yukxatlari mavjud boʻlgan hollarda, xalqaro yoʻllarda esa 3-son ilovaga binoan CMR namunaviy shakliga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuningdek, tovar-transport yukxatlarining 1-t-son va 2-tm-son shakllarida katta miqdordagi nomlanishlar va sotilayotgan tovar-moddiy qimmatliklarning tavsifi uchun “Yuk toʻgʻrisida maʼlumotlar” boʻlimida satrlarning yetarli emasligi hollarida tovar-transport yukxatlariga tovarlarga ilova etiluvchi boshlangʻich hisob hujjatlari (hisobvaraq-faktura, tovar yukxati yoki boshqa shakllar) qoʻshimcha qilinadi.

Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 2 iyulda 1382-son bilan roʻyxatga olingan Yoʻriqnomaga asosan ish yuritish maqsadga muvofiq.

Havola: http://lex.uz/docs/906218

Yangilik bilan o‘rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

© Xadjiyev Bobomurod, © Betakror Buxoro, 2016-2017. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytda joylashtirilgan barcha ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, shu jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunlar bilan qo‘riqlanadi. Joylashtirilgan ma'lumotlardan nusxa olish va boshqa maqsadlarda foydalanilganda www.betakrorbuxoro.uz ga havola ko‘rsatish majburiydir.