d266e8dc28e3a830cd04e14501bd06fe-696x392
Noyabr 1, 2017 0

O’zbekistonda yana kuchli shamol bo’lishi kutilmoqda

Posted by:Администратор onNoyabr 1, 2017

O’zgidromet» markazi 2-3 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotlari haqida xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxodaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo’ylab havo harorati 2-3 noyabr kunlari kunduzi + 23 +28 darajadaga ko’tarilishi mumkin. Kechasi esa +9 +18 darajada bo’ladi.

2 noyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida va 3 noyabr kuni Toshkent, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi kutilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi shamol kuchayish davrida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so’ramoqda.

Eslatib o’tamiz, 17 oktyabr kuni Toshkent shahrida va Buxoro viloyati hududida 32 m/s tezlikda shamol kuzatilgandi. Kuchli shamol oqibatida bir kishi vafot etdi. Shamol uylar va binolarning tomlari, avtomobillarga zarar yetkazdi. Elektr tarmoqlarining uzilishi tufayli elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar sodir bo’ldi.

Yangilik bilan o‘rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

© Xadjiyev Bobomurod, © Betakror Buxoro, 2016-2017. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytda joylashtirilgan barcha ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, shu jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunlar bilan qo‘riqlanadi. Joylashtirilgan ma'lumotlardan nusxa olish va boshqa maqsadlarda foydalanilganda www.betakrorbuxoro.uz ga havola ko‘rsatish majburiydir.